Osiyo Chempionlar ligasi 2 turnirida B guruhining ikkinchi tur o‘yinlari davom etmoqda. "Andijon" bu turda Qatarning "Al-Ahli" jamoasini qabul qildi.
Deyarli golli vaziyatlar yuzaga kelmagan o‘yinda 0:0 hisobi qayd etildi.
Ikkala jamoa hisobida ham ochkolar soni 2 taga yetdi. "Andijon" ham "Al-Ahli" ham hali birorta gol ham urmagan va o‘tkazib yubormagan.
Osiyo Chempionlar ligasi 2, 2-tur
01.10.2025, chorshanba, 18:45
Andijon - Al-Ahli - 0:0
Andijon: Erjan Tokotayev, Sunnatulloh Hamidjonov, Ismoil Akinade, Shahzod Azmiddinov, Saidumarxon Saidnurullayev, Sardor Azimov, Damir Temirov, Usmonali Ismonaliyev, Doniyor Abdumannopov, Muhammadkarim Toirov, Kristian Novak.
Al-Ahli: Marvan Sherif, Matey Mitrovich, Ibraima Diallo, Driss Fettuhi, Seku Yansane (Yulian Draksler,64), Erik Ernandes Eksposito, Hilal Muhammad Al Sid, Maykl Vlap, Robin Amin Tihi, Amidu Dumbuya, Suhayb Gannan.
Ogohlantirish: Doniyor Abdumannopov ("Andijon") 9.