CBS News ma’lumotlariga ko‘ra, Eron o‘zining ayrim muhim harbiy aktivlari, jumladan RC-130 samolyotini ham Ravalpindi yaqinidagi Nur Khan aviabazasiga ko‘chirgan.
Ma’lum qilinishicha, Pokiston rasman Eron va AQSh o‘rtasidagi sulh muzokaralarida vositachilik qilar ekan, baza Eronning harbiy va aviasiya aktivlari uchun xavfsiz hudud sifatida xizmat qilgan.
Samolyotlar u yerga Donald Tramp aprel oyi boshida Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqida e’lon qilganidan bir necha kun o‘tgach yuborilgani aytilmoqda.
Biroq Pokistonning yuqori lavozimli amaldorlaridan biri bu ma’lumotni rad etdi. Uning ta’kidlashicha, Nur Khan bazasi shahar markazida joylashgani uchun u yerdagi katta miqdordagi samolyotlarni jamoatchilikdan yashirishning iloji yo‘q.