Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

OAV: Ozarbayjonda qo‘poruvchilik harakatlarida gumonlanib 39 kishi hibsga olindi

OAV: Ozarbayjonda qo‘poruvchilik harakatlarida gumonlanib 39 kishi hibsga olindi

Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan operasiya natijasida qo‘poruvchilik faoliyatida gumon qilingan 39 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda chorshanba kuni Ozarbayjon matbuoti xabar berdi.

Jurnalistlarga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan shaxslar diniy e’tiqod erkinligini suiiste’mol qilgan holda, Eron targ‘iboti bilan shug‘ullangan, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda ham Ozarbayjondagi bag‘rikenglik an’analariga putur yetkazishga uringan.

Hibsga olinganlar, shuningdek, xorijiy razvedka idoralariga ma’lumot uzatganlikda gumon qilinmoqda.

Ayni paytda Ozarbayjon parlamenti Eron bilan parlamentlararo aloqalar bo‘yicha ishchi guruhi tarqatib yuborilganini e’lon qildi.

Kiritildi: 15:10 01.02.2023. O'qildi: 1597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!