Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida avgust oyida AQShga bo‘lajak tashrifi chog‘ida Oq uy rahbari Jo Bayden va Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazish niyatida, deb xabar bermoqda Kyodo agentligi.
Bu haqda Kisida hukumat va Liberal-demokratik partiya va Komeito partiyasi hukmron koalisiyasi o‘rtasidagi maslahatlashuvlarda aytib o‘tdi.
Kisida AQShga tashrifidan “Shimoliy Koreya masalasida strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash, qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va ochiq xalqaro tartibni saqlab qolish va mustahkamlash” imkoniyati sifatida foydalanishni istashini aytdi.