Ikki Isroil manbasiga ko‘ra, Isroil G‘azodagi garovga olinganlarni ozod qilish uchun Sinvarning jasadidan «savdolash vositasi» sifatida foydalanmoqchi.
Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lgan XAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarning jasadi G‘azodagi isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha XAMAS bilan muzokaralarda savdo vositasi sifatida ishlatilishi mumkin.
CNN telekanali isroillik ikki manbaga tayanib, 16-oktabr kuni Isroil hujumi natijasida halok bo‘lgan Sinvarning jasadi garovga olinganlarning qaytishi uchun «kalit» bo‘lishi mumkinligini xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, Isroil rasmiylari hali ham Sinvarning jasadidan «qanday foydalanishni» muhokama qilishmoqda.
Isroil armiyasi 17 oktabr kuni Yahyo Sinvarning G‘azo janubidagi hujumda halok bo‘lganini e’lon qildi va kecha Hamas siyosiy byurosi a’zosi Xalil al-Hayya Sinvar o‘limini tasdiqladi.
Yahyo Sinvar 6 avgust kuni Eron poytaxti Tehronda 31 iyul kuni o‘ldirilgan Ismoil Xoniya o‘rniga XAMAS siyosiy byurosi rahbari etib saylangan edi.