Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

OAV: demokratlar Trampning byudjet inqirozidan chiqish haqidagi yangi taklifini rad etishmoqchi

OAV: demokratlar Trampning byudjet inqirozidan chiqish haqidagi yangi taklifini rad etishmoqchi

AQSh Demokratik partiyasi agarda prezident Donald Tramp migrantlarni deportasiya bo‘lishdan himoya qilishni uzaytiruvchi qonun qabul qilinishi evaziga Meksika bilan chegarada devor qurilishiga pul ajratilishini taklif qiladigan bo‘lsa, bu taklifni qabul qilmaydi. Bu haqda Kongress quyi palatasini nazorat qilayotgan Demokratik partiya vakiliga asoslanib Axios portali xabar qildi.

AQSh ma’muriyatining bunday nomaqbul takliflari ilgari ham demokratlar tomonidan rad etilgan. Bunday taklif Vakillar palatasidan o‘tmaydi ,degan manba.

Avvalroq Axios Tramp demokratlarga murosaga kelish va byudjet inqiroziga chek qo‘yishni taklif qilmoqchi ekanligini xabar qilgandi.

Shatdaun AQSh federal hukumati ishining vaqtincha to‘xtatilishi 22 dekabrdan buyon davom etmoqda. Bunga demokratlar va respublikachilarning Meksika bilan chegarada devor qurilishi sababli byudjet borasida kelisha olmaganliklari sabab bo‘ldi. Respublikachilar bu maqsad uchun 5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, demokratlar 1,3 mlrd dollarga rozi bo‘lishmoqda.

Ayni vaqtda ichki ishlar, qishloq xo‘jaligi, uy qurilishi va shaharni rivojlantirish, savdo, milliy xavfsizlik va moliya vazirliklari, davlat departamenti moliyalashtirishsiz qoldi.

Kiritildi: 15:03 20.01.2019. O'qildi: 1544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!