Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zLiDeP bosh hamkorligida Samarqandda “Makon Marketing Forum” birinchi milliy biznes forumi o‘tkazildi (+foto, video)

O‘zLiDeP bosh hamkorligida Samarqandda “Makon Marketing Forum” birinchi milliy biznes forumi o‘tkazildi (+foto, video)

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida O‘zLiDeP bosh hamkorligida “Makon Marketing Forum  - 2019” birinchi milliy biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizning mashhur ekspertlari - “Murad Buildings” kompaniyasi asoschisi Murodxon Nazarov, “Shak’s media” reklama agentligi asoschisi Muhammad Ali Shokirov, “Busieness Navigator Consulting” kompaniyasi asoschisi Aziz Gapparov, “PRO Marketing” kompaniyasi asoschisi Baxtiyor To‘xtayev, “Master Expert Partners” bosh hamkori Bahodirxon Fozilxo‘jayev, “MA’NO Branding” reklama agentligi hammuassisi Temur Sa’diy va boshqalar binesda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqidagi fikrlarini o‘rtoqlashdi.

Forumning  ochilish marosimida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov so‘zga chiqib, yurtimizda tadbirkorlik sohasida erishilayotgan yutuqlar, bu borada davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan sohaga qaratilayotgan katta e’tibor natijasi ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

- Bugun yurtimizda tadbirkorlar va tadbirkorlikka qiziquvchilar soni ortib borayotgani quvonarli hol, - dedi O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov. – O‘z navbatida, muvaffaqiyatga erishayotgan tadbirkorlar ko‘payayotganidan manfaatdormiz. Partiyamiz bundan keyin ham barcha sohada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, sohani yanada rivojlantirishda davom etadi.

Forum bir vaqtda mamlakatning ikkita yirik shahrida, Toshkent va Samarqandda o‘tkazildi. Bu esa, shubhasiz, yangi g‘oyalar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. G‘oyalar va tajriba esa yangi imkoniyatlarga eshik ochadi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

Kiritildi: 10:33 04.11.2019. O'qildi: 1800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!