Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

"O‘zbekistonlik.STUDENTS" filmining ikkinchi qismi jamoatchilik e’tiboriga havola etildi

"O‘zbekistonlik.STUDENTS" filmining ikkinchi qismi jamoatchilik e’tiboriga havola etildi

O‘zbekistonlik.STUDENTS filmining ikkinchi qismi jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.

Film orqali tomoshabinlar Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlarida ta’lim olayotgan ikki nafar o‘zbekistonlik talabaning hayotiga oid hikoya bilan tanishadi.

Yangi epizod premyerasi bugun 18.00da MU-5 telekanali va Uzbekistan's Club YouTube-kanalida efirga uzatiladi. Qahramonlar - Londonning Bruney universitetida tahsil olayotgan buxorolik G‘ayrat Yusupov va Buyuk Britaniyaning Reding universitetida yuridik huquqni o‘rganayotgan farg‘onalik Yulduz G‘aniyeva.

O‘zbekistonlik.STUDENTS dunyoning eng yaxshi OTMlarini ko‘rsatish, u yerga o‘qishga kirish sirlarini ochish va o‘zbekistonlik iqtidorli talabalar hikoyalarini yoshlar e’tiboriga havola etish maqsadida yaratilgan.

Epizod Ucell, Uzairways, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida suratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan’s Club — butun dunyodagi o‘zbekistonlik muvaffaqiyatga erishgan yoshlarni birlashtirish, shuningdek, o‘zbekistonliklar imijini zamonaviy, mehnatsevar va intellektual salohiyati yuqori millat sifatida targ‘ib qilish uchun yaratilgan global maydon.

https://youtu.be/d_bJioeQCb4

Kiritildi: 19:19 11.11.2023. O'qildi: 1703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!