Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

“Nyukasl” bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

 “Nyukasl” bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi

Saudiya Arabistoni shahzodasi tegishli jamg‘arma “Nyukasl”ni sotib olganidan so‘ng bosh murabbiy Stiv Bryusni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Biz Stiv Bryusning iste’foga chiqqanligini ma’lum qilamiz. Klub Stivga minnatdorchilik bildiradi va uning kelgusidagi ishlariga omad tilaymiz”, - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Ma’lum qilinishicha, tomonlar shartnomani o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilishgan. Tez orada yangi bosh murabbiy nomi e’lon qilinishi kutilmoqda. Hozirda jamoa ustozligi uchun Frenk Lempard, Stiven Jerrard, Antonio Konte va Paulo Fonseka nomzodlari ilgari surilgan.

Eslatib o‘tamiz, 60 yoshli Stiv Bryus 2019 yildan buyon “Nyukasl” klubini boshqarib kelayotgan edi.

Kiritildi: 16:36 20.10.2021. O'qildi: 2203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!