Nyu-Yorkdagi federal sudda Nikolas Maduro ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi o‘tkazilmoqda. Sud majlisi Elvin Xellerstayn raisligida o‘tmoqda.
Reportning CNNga tayanib xabar berishicha, sud Maduro advokati Barri Pollakga so‘z berdi. Pollak huquqiy xizmatlar uchun to‘lov masalasida himoya pozisiyasini bayon qildi:
«Ayblanuvchilar faqat malakali advokatga emas, o‘zlari tanlagan advokatga ham huquqli va bu uchun qonuniy vositalardan foydalanish huquqiga ega. Ular himoya uchun mablag‘larini ishlatishda mutlaq huquqqa egadir», — dedi Pollak.
Uning aytishicha, Maduro va rafiqasi huquqiy xizmatlarni mustaqil ravishda to‘lay olmasliklarini ma’lum qilib, Venesuela hukumati ularning himoyasi uchun mablag‘ ajratishi huquqini talab qilmoqda.
Donald Tramp esa bugun Maduroga qarshi «qo‘shimcha ishlar ochilishini» ma’lum qildi.