Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Putin Rossiyadan rubl va oltin olib chiqishga cheklov kiritdi

Putin Rossiyadan rubl va oltin olib chiqishga cheklov kiritdi

Rossiyadagi jismoniy shaxslar 2026 yil 1 apreldan boshlab Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (EII) mamlakatlari — Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga 100 ming dollardan ortiq naqd rubl olib chiqolmaydi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 mart kuni tegishli farmonni imzoladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun esa naqd pulni poyezd yoki avtomobil orqali olib chiqish butunlay taqiqlanadi. Ular naqd rublni faqat Rossiyaning xalqaro aeroportlari orqali olib chiqishi mumkin bo‘ladi.

1 apreldan boshlab barcha shaxslar (jismoniy, yuridik va tadbirkorlar) pul mablag‘ining kelib chiqishini bank hujjatlari bilan tasdiqlashi va chet elda undan qanday maqsadda foydalanishini ko‘rsatib deklarasiya to‘ldirishi shart bo‘ladi.

Putinning farmoni bilan mamlakatdan og‘irligi 100 grammdan ortiq bo‘lgan oltin quymalarini olib chiqishga ham cheklovlar joriy etildi. Xususan, 2026 yil 1 maydan boshlab yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar YEII mamlakatlariga bunday quymalarni faqat Rossiya Asillik palatasining maxsus ruxsatnomasini olgach, Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo va Knevichi aeroportlari orqali olib chiqishi mumkin.

Jismoniy shaxslar uchun esa oltin olib chiqish bo‘yicha yangi cheklovlar nafaqat YEII davlatlariga, balki boshqa mamlakatlarga ham tatbiq etiladi.

Kiritildi: Bugun 14:20. O'qildi: 552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!