Nyu-York shahrida ko‘p qavatli binoning qisman qulashi sodir bo‘ldi.
New York Post nashri xabar berishicha, yong‘in xavfsizligi xodimlari voqea haqida ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgan.
Xabar qilinishicha, chorshanba kuni ertalab Bronksda gaz portlashi sodir bo‘lib, Aleksandr prospektidagi Mitchel Houses turar-joy majmuasidagi binolardan birining bir qismi qulab tushgan.
Rasmiylarning aytishicha, jabrlanganlar yo‘q.
Polisiya bino atrofidagi hududni o‘rab oldi. Portlash sabablari o‘rganilmoqda.