Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Nyu-Yorkda harbiy shtab tashkil etildi

Nyu-Yorkda harbiy shtab tashkil etildi

Politico nashri xabar berishicha, Nyu-York gubernatori Keti Xochul prezident ma’muriyatining shaharga Milliy gvardiya qo‘shinlarini kiritish qarori ortidan, so‘l demokratik Zoxran Mamdani yangi mer etib saylanganidan so‘ng maxsus harbiy shtab-kvartira tashkil etdi.

Xochul o‘zgacha “urush xonalari” yaratdi va har qanday federal aralashuvni oldini olish yoki yumshatish maqsadida huquq-tartibot idoralari, biznes va fuqarolik faollari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi”, — deyiladi xabarda.

Gubernator Trampning Mamdani yo mer etib saylanishiga bo‘lgan munosabatidan xavotirda bo‘lib, faxriylar va diniy tashkilotlar vakillari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazishga qaror qilgan.

Politico manbasining aytishicha, Xochul jamoasining asosiy maqsadi shaharga qo‘shin kiritishning oldini olish, agar bu amalga oshmasa, jarayonni kechiktirishga harakat qilish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 15:33 10.11.2025. O'qildi: 1323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!