Demokrat Zohran Mamdani Nyu-York shahrining yangi meri sifatida rasman qasamyod qildi. Tantanalarni o‘z ichiga olgan inaugurasiya marosimi payshanba kuni shahar hokimiyatida bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Marosim Manxettendagi yaqinidagi Old City Hall metro bekatida yakka tartibda o‘tkazildi. Mamdani Nyu-York shahrining birinchi musulmon meri bo‘ldi va marosimda Qur’ondan foydalanildi.
Nyu-York meri saylovi 2025 yil 4 noyabrda bo‘lib o‘tgandi.