IRIB axborot agentligi xabar berishicha, Eron raketa hujumlarining yangi to‘lqinini boshladi.
Xabarda aytilishicha, «Erondan yangi raketa to‘lqini uchirildi».
Biroq agentlik yangi hujumlar qaysi aniq ob’ektlarga qaratilganini ma’lum qilmadi.
Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari (IDF) Eronga qarshi hujumlarning keyingi bosqichini boshlab, ballistik raketa shaxtalarini nishonga olganini bildirgan edi.
5 mart kuni Eron Qatar poytaxti Doha shahridagi AQSh harbiy bazasiga ham hujum qilgani xabar qilingan.