Tayvanlik talaba to‘rt kun va uch kecha davomida kompyuter o‘yinlarini o‘ynagan. To‘rtinchi tunda talaba hojatga turmoqchi bo‘lganida, birdan og‘riqdan qichqirib, xushidan ketgan. Shifokorlar uning miyadagi arteriya yorilishi natijasida ko‘p qon ketishi yuzaga kelganini aniqlagan.
Onasining so‘zlariga ko‘ra, u bolasini bir necha marta kompyuterni o‘chirishga undagan, lekin foydasi bo‘lmagan. Bir necha oylik koma holatidan so‘ng bolaning oila a’zolari uning hayotini ushlab turgan uskunalardan voz kechishga qaror qilgan.
Xabarni ko‘p komp o‘ynaydigan tanishlarga yuborib qo‘ying