Nyu-York shahridagi parom qatnovi yaqinlashgan qor bo‘roni tufayli to‘xtatildi.
Bu haqda Nyu-York shahar meri Zohran Mamdani o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan.
"Nyu-York shahridagi paromlar qor bo‘roni tufayli ishini to‘xtatmoqda", deyiladi xabarda.
Biroq, Mamdani Nyu-York hududining bir qismi bo‘lgan va uni boshqa tumanlar bilan bog‘laydigan yagona transport arteriyasi bo‘lgan Steyten-Aylend orolida parom qatnovi davom etishini ta’kidladi.
Shahar rasmiylari shuningdek, dushanba kuni Nyu-York maktablarida yuzma-yuz darslar bekor qilinishini va maktablar masofadan turib ishlayotganini e’lon qilishdi. Shuningdek, shahar hududi bo‘ylab o‘nta isitish markazi ochilgan.
NBC News xabariga ko‘ra, Nyu-York shahrida taxminan 12 dyuym qor yog‘ishi kutilmoqda.