Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

"Krishtianu yig‘lagudek holatda edi"

"Krishtianu yig‘lagudek holatda edi"

Madridning "Real" klubida Joze Mourinyuning yordamchisi bo‘lib ishlagan Aytor Karanka portugaliyalik mutaxassis va jamoaning o‘sha paytdagi yulduzi Krishtianu Ronaldu o‘rtasida kechgan keskin suhbat haqida gapirib berdi.

"Ispaniya Kubogi doirasidagi "Valensiya"ga qarshi o‘yindan so‘ng Mourinyu Krishtianuga tanbeh berdi. Ronaldu esa barchaning ko‘z o‘ngida, deyarli yig‘lagudek holatda unga javob qaytardi: "Men seni shunchalik qo‘llab-quvvatlagan edim-a...".

Balki, Joze aynan shunday reaksiyani keltirib chiqarish uchun bu ishni qilgandir. Men seni butun kiyinish xonasi oldida koyiyapman, chunki sen mening eng ishongan insonimsan. Joze va biz murabbiylar shtabi sifatida qabul qilgan har bir qaror faqat jamoa manfaati uchun edi", — deya Karankaning so‘zlarini keltirmoqda "Marca".

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyu 2010 yildan 2013 yilgacha "Qirollik klubi"ni boshqargan.

Kiritildi: 20:04 25.01.2026. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!