Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Nyu-York shahri meri 2021 yilgi saylov kampaniyasi uchun xorijiy mamlakatlardan mablag‘ olganlikda gumonlanmoqda

 Nyu-York shahri meri 2021 yilgi saylov kampaniyasi uchun xorijiy mamlakatlardan mablag‘ olganlikda gumonlanmoqda

Nyu-York shahri meri Erik Adams 2021 yilgi saylov kampaniyasi uchun xorijiy mamlakatlardan mablag‘ olganlikda gumonlanmoqda.

2023 yil noyabr oyida mer alohida federal tekshiruv doirasida telefonlarini topshirgandi. Ushbu tekshiruv uning 2021 yilgi saylov kampaniyasi Turkiya fuqarolari va davlat amaldorlaridan noqonuniy xayr-ehsonlar olgan-olmaganligini aniqlashga qaratilgan.

Hozirda prokurorlar yana beshta davlat — Isroil, Xitoy, Qatar, Janubiy Koreya va O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikka oid qo‘shimcha ma’lumotlarni qidirmoqda.

O‘ziga qo‘yilayotgan barcha ayblovlarni rad etayotgan mer Adams Bronksdagi jamoatchilik bilan uchrashuvda uning ma’muriyati bor e’tiborini shaharga xizmat ko‘rsatishga qaratganini bildirdi.

Kiritildi: 20:47 26.09.2024. O'qildi: 993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!