Nyu Yorkdagi Tayms-skver markazida 16 martga o‘tar kechasi 45 yoshli erkakni yoqib yuborishdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli barqaror. Hozircha polisiya hodisa qasddan qilingan hujum yoki o‘z-o‘zidan sodir bo‘lgan tajovuz ekanini aniqlashtirmoqda. Voqea joyidan olingan kadrlarda polisiyachilar ko‘ylakciz va qattiq kuygan erkakni tez yordam mashinasiga ortishayotganini ko‘rish mumkin.
Hujum qilgan shaxs voqea joyidan yashiringan va hozirda qidirilmoqda. Ekspert-kriminalistlar jabrlanuvchiga dastlab Patrón Tekila shishasidan tez alangalanuvchi suyuqlik sepilganini, so‘ngra unga o‘t qo‘yilganini aniqladi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari maydonda o‘rnatilgan kuzatuv kameralaridagi yozuvlarni o‘rganmoqda.