Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Nyu-York AQShning birinchi shahri sifatida tirbandlik hududiga kirish uchun to‘lovni joriy etdi

Nyu-York AQShning birinchi shahri sifatida tirbandlik hududiga kirish uchun to‘lovni joriy etdi

5 yanvardan boshlab yengil avtomobil haydovchilari tig‘iz paytlarda gavjum hududlarga kirish uchun 9 dollar to‘lashlari lozim. Rasmiylar bu chora tufayli har kuni "tirbandlikni kamaytirish zonasi" (Empayr-steyt-bilding, Tayms-skver, Uoll-strit va boshqalar)ga kamida 80 ming avtomobil kamroq kelishini kutmoqda.

Ushbu chora Nyu-Yorkdagi tirbandlikka qarshi kurashga qaratilgan. Yana bir maqsad — jamoat transporti tizimini rivojlantirish uchun mablag‘ to‘plash.

Ta’kidlash joizki, Nyu-York ikki yil ketma-ket dunyo bo‘yicha yo‘llar tirbandligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. 2024 yilning birinchi choragida Manxetten markazida ertalabki tig‘iz soatlarda avtomobillar 17 km/soat tezlikda harakatlanishgan.

Kiritildi: 17:52 06.01.2025. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!