Rossiya 2026 yilda Ukrainaga qarata oyiga o‘rtacha 74 ta ballistik raketa uchirmoqda va ularning qariyb uchdan ikki qismi Havo hujumidan mudofaa tizimlarini yorib o‘tmoqda.
The New York Times nashrining qayd etishicha, yuqori tezlik va kuchli vayronkor kuchga ega bu zarbalar Ukraina energetikasi hamda shaharlariga jiddiy zarar yetkazib, Kiyevga nisbatan asosiy bosim vositasiga aylandi. Vaziyat fonida Ukraina o‘z ballistik dasturini ishga tushirishni rejalashtiryapti.
Biroq ekspertlar va sobiq mulozimlar bunday ssenariy urush xususiyatini o‘zgartirishi bilan birga katta xavf tug‘dirishidan ogohlantirmoqda. Agar Ukraina raketalari Moskva va Rossiyaning boshqa yirik shaharlariga tahdid sola boshlasa, bu Kremlning yadroviy qurol qo‘llashiga yoki urushning yanada shiddatli tus olishiga sabab bo‘lishi mumkin, deyiladi nashr maqolasida.