“The New York Times” nashrining xabar berishicha, Isroilga nisbatan tanqidiy fikrlar AQShda doimiy yashash huquqi — yashil karta olish jarayonida salbiy omil sifatida baholanishi mumkin.
Maqolada qayd etilishicha, AQSh Immigrasiya xizmati Isroilga qarshi siyosiy pozisiyani yashil karta berish qarorlarida hisobga olishi ehtimol qilinadi. Bu, xususan, Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarda ishtirok etish yoki Isroil bayrog‘ini haqorat qilish kabi holatlarga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.
Nashr shuningdek, “Amerikaga qarshi qarashlar”ni qo‘llab-quvvatlagan shaxslarga nisbatan ham yashil karta berishda cheklovlar qo‘llanilishi mumkinligini qayd etgan.