Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Nvidia dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

Nvidia dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

Sun’iy intellekt sohasini chip bilan ta’minlaydigan texnologiya kompaniyasining bozor kapitalizasiyasi 3 trillion dollardan oshdi.

18 iyun kuni Nvidia texnologiya kompaniyasi boshqa texnologik gigant Microsoft kompaniyasidan o‘zib ketib, dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Sun’iy intellekt bozorida muhim rol o‘ynayotgan chiplarni ishlab chiqaruvchi Nvidia kompaniyasining aksiyalari 3,2 foizga o‘sib, narxi 135,21 dollarga yetdi. Natijada, uning bozor kapitalizasiyasi 3,3 trillion dollarga teng bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich unga dunyoning eng qimmat kompaniyalari ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqib olishiga yordam bo‘ldi.

Qayd qilinishicha, Nvidia aksiyalari 2024 yilda taxminan 173 foizga oshgan. Microsoft aksiyalari narxi esa 19 foizga ko‘tarilgan xolos.

Nvidia kompaniyasining bozor qiymati fevral oyida 2 trillion dollarga yetgan edi: atigi 9 oy ichida kapitalizasiya 1 trillion dollarga ko‘paydi. 3 oydan sal ko‘proq vaqt o‘tgach, iyun oyida 3 trillion dollarga yetdi.

Kiritildi: 07:53 19.06.2024. O'qildi: 1437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!