Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Nurullan Erlepesov Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot va moliya vaziri etib tayinlandi

Nurullan Erlepesov Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot va moliya vaziri etib tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimida Erlepesov Nurullan Umirzakovich o‘z ishini boshladi.

N.Erlepesov nomzodi ushbu lavozimga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining ikkinchi sessiyasida tasdiqlangan edi.

Shu munosabat bilan, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi binosida tayinlovga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Byudjet, iqtisodiy islohotlar, investisiyalar va innovasiya masalalari qo‘mitasi raisi Seytnazarov Berdibek so‘zga chiqib, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlash va moliyaviy tizimini yanada takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan ijobiy islohotlarni xalq hayotida ifoda etish muhim vazifa ekanini alohida ta’kidlab, yig‘ilganlarga yangi vazirni tanishtirdi.

Kiritildi: 18:52 08.01.2025. O'qildi: 524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!