Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda xavfli virus tarqalayotgani va kasallik ko‘proq bolalarga ta’sir qilib, ularda pnevmoniyani keltirib chiqarayotganiga doir xabarlar tarqalmoqda.
Sanepidqo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekovga ko‘ra, havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan respirator kasalliklar mavsumiy xarakterga ega. Kuz-qish davrida ularning ko‘tarilishi kuzatiladi va bundan zinhor xavotirga tushish kerak emas.
Hozir kuzatilayotgan o‘tkir respirator virusli infeksiyalar avj olish jarayonini esa tabiiy holat, deb qabul qilish zarur.
Bugungi kunda mamlakatimiz hududida tibbiyot uchun notanish va noma’lum bo‘lgan viruslar aylanib yurishi qayd etilgani yo‘q. Aniqlanayotgan kasalliklarning aksariyati mavsumiy respirator xastaliklardir.