"Istanbul Bashakshehir" bosh murabbiyi Nuri Shaxin "Gaziantep"ga qarshi o‘yindan so‘ng (5:1) Eldor Shomurodov haqida fikrlarini bildirdi.
Hamyurtimiz bahsda 1 ta gol urib, 1 ta assist berdi.
«Biz kelgunga qadar Shomurodov asosan qanotda o‘ynayotgan edi. Biz kelganimizdan beri esa uni ko‘proq markazga qo‘yyapmiz. To‘qqiz raqamli pozisiyaning turli uslublari bor. Shomurodov Selkega qaraganda boshqacha to‘qqiz raqamli o‘yinchi. Uning o‘yin aql-zakovati juda yuqori. Biz uni markazga o‘tkazdik va ko‘proq erkinlik berdik. U biz uchun juda ko‘p narsani yengillashtirdi. U juda sifatli futbolchi», - dedi Shaxin.
Shomurodov hozirda 12 ta gol bilan Turkiya chempionati to‘purari bo‘lib turibdi.