Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Nukuslik haydovchilar yolg‘iz yashovchi keksa ayolning gazdan qarzini to‘lab berdi

Nukuslik haydovchilar yolg‘iz yashovchi keksa ayolning gazdan qarzini to‘lab berdi

Telegram’dagi «Voditeli Nukusa» guruhi a’zolari xayrli ishga qo‘l urdi, deb xabar beradi «Daryo» mobil muxbiri.

Qayd etilishicha, Nukus shahrida yolg‘iz yashovchi keksa ayolning gaz ta’minotidan qarzi bo‘lgan. U nafaqasidan 600 ming so‘m qarzni to‘lagan. Shunda ham gaz yonmagan. MIB tomonidan tarmoqdan uzib ketilgan gaz trubasini qayta ulash uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida (405 500 so‘m) to‘lov qilish talab qilingan.

Nukuslik haydovchilar ayolning yolg‘iz yashashi va kam ta’minlanganligini hisobga olib, unga yordam berishga qaror qilgan. Ular pul yig‘ib to‘laganidan so‘ng, nafaqaxo‘r ayolning uyida gaz yondi.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 13:51 15.11.2018. O'qildi: 1791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!