Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Nukusda noqonuniy mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi

A A A
Nukusda noqonuniy mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar bo‘limi tomonidan Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxs ushlandi.

Jumladan, Taxiatosh guzari hududida joylashgan savdo do‘konida fuqaro T.R. qonunga xilof ravishda alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Ushbu do‘kondan 4 ming 213 dona har xil turdagi vino, konyak, viski, aroq hamda 731 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:52 19.12.2023. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!