Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Nukusda kanalda cho‘kayotgan 18 yoshli qiz Milliy gvardiya tomonidan qutqarib qolindi

Nukusda kanalda cho‘kayotgan 18 yoshli qiz Milliy gvardiya tomonidan qutqarib qolindi

Nukusda kanalda cho‘kayotgan 18 yoshli qiz Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

20 oktyabr kuni soat 16:10 larda Nukus shahar hududidan oqib o‘tuvchi “Do‘stlik” kanalida piyodalar o‘tish uchun mo‘ljallangan ko‘prikdan o‘tayotgan fuqaro A.A. suvda cho‘kayotgan qizni ko‘rib qolgan va hududga yaqin bo‘lgan Markaziy dehqon bozorida xizmat o‘tayotgan Milliy gvardiya xodimlariga xabar bergan.

Milliy gvardiya xodimlarining tezkor harakati va xabar bergan fuqaroning yordami bilan cho‘kayotgan qiz G.Q. qutqarib olinib, unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Shundan so‘ng chaqiruvga asosan yetib kelgan tez tibbiy yordam orqali qiz Nukus shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy markaziga yotqizilgan. Hozir ahvoli yaxshi.

Holat yuzasidan Nukus shahar IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:07 22.10.2024. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!