Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Nukus shahridagi savdo do‘konida qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Nukus shahridagi savdo do‘konida qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahri bo‘limi, Bojxona va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar J.B. va P.D. YATT “B.X.”ning Nukus shahridagi savdo do‘konida qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelganliklari aniqlanib, fuqaro M.X.ga tarkibida inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 6 quti “Molecule plus” dori vositasini 2,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 19:12 13.11.2025. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!