Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi

A A A
Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi

“Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-25-son, 24.01.2025 y.) qabul qilindi.

⚡️ Qarorga ko‘ra, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Nukus filiali negizida Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

📚 Sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

🎓 Universitetda Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.

🗓 2025/2026 o‘quv yiligacha Universitetda tajriba-ishlab chiqarish (“spin-off”) korxonasi tashkil etiladi.

✅ 2025/2026 o‘quv yilidan:

▪️Universitet talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi joriy etiladi.

▪️ Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumida muhandislik sohalaridagi kasblar bo‘yicha kasbiy ta’lim dasturlarida to‘liq davlat granti asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

📌 Hozirda tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi va bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.

Kiritildi: 09:25 28.01.2025. O'qildi: 1974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!