Bugun 1 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Noyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oshdi

Noyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oshdi

Noyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 % ga oshgan.

🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning noyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 % ga oshgan.

📉 Yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 107,5 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning shu oyiga (2024 yil noyabr — 110,0 %) nisbatan 2,5 foiz bandga pasaydi.

📈 Noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,0 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,5 % ga hamda aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.

📊 Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan bodring (96,0 %), pomidor (82,2 %), bulg‘or qalampiri (61,2 %), baqlajon (51,7 %), uzum (12,1 %), anor (7,9 %), qovoq (5,4 %), olma (4,7 %), mandarin (4,5 %), shaftoli (3,7 %), tarvuz (3,4 %), qovun (3,4 %), tovuq tuxumi (2,4 %), quy go‘shti (0,8 %), kartoshka (0,7 %), birinchi navli bug‘doy uni (0,5 %) hamda mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) (0,3 %) narxlarining oshishi inflyasiyaga asosiy ta’sir ko‘rsatdi.

🤩 Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan inflyasiyani pasaytiruvchi omil sifatida sabzi (-26,1 %), sholg‘om (-7,1 %), barcha navdagi guruch, guruch oqishog‘i (-4,5 %), loviya (4,2 %), shakar (-2,9 %), piyoz (-2,5 %), banan (-1,3 %) hamda parranda go‘shti (-1,2 %) narxlarining pasayishi muhim hissa qo‘shdi.

📈 Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan propan (7,4 %), benzin (1,7 %), sement (1,4 %) hamda kiyim va poyafzal (0,7 %) narxlarida o‘sish kuzatildi.

🏦 Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida 195 mingga yaqin narxlar qayd etilgan. 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!