Rossiyaning Novgorod viloyatida 2026 yil yanvaridan boshlab birinchi farzand tug‘ilishi uchun 1 million rubl to‘lash rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyatning Mehnat, oila va ijtimoiy siyosat vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, ushbu to‘lov 29 yoshga to‘lmagan onalarga beriladi. 2026 yil 1 yanvardan birinchi farzand uchun mintaqaviy to‘lov 350 ming rublni, uchinchi yoki keyingi farzand uchun esa 250 ming rublni tashkil etadi. Shu bilan birga, birinchi farzand uchun federal onalik kapitali miqdori taxminan 737 ming rubl bo‘ladi.
Novgorod viloyatida mintaqaviy kapitaldan uy-joy sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, bolalar bog‘chasi to‘lovlarini qoplash uchun foydalanish mumkin.