Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Novak: Rossiya neft mahsulotlarisiz Yevropani yoqilg‘i taqchilligi kutmoqda

A A A
Novak: Rossiya neft mahsulotlarisiz Yevropani yoqilg‘i taqchilligi kutmoqda

Rossiya neft mahsulotlarisiz Yevropa bozori taqchillik va yoqilg‘i narxi oshishini boshdan kechiradi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak ma’lum qildi.

“5 fevraldan bizning neft mahsulotlarimizni Yevropaga yetkazib berish uchun cheklovlar joriy etilgandi. Shuningdek, ularning yuqori narx chegarasini belgilash qarori qabul qilingandi. Va oradan ikki kun o‘tib hamkasblarimiz ilgari qabul qilingan qarorlardan voz kechib, o‘z reglamentlariga o‘zgartirish kiritishdi. <...> Aslida bizning neft mahsulotlarimizsiz katta taqchillik va narx o‘sishi bo‘ladi”, - dedi Novak. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Kuni kecha Yevropa komissiyasi Rossiya neft mahsulotlarining chegaralangan yuqori narxi to‘g‘risidagi qarorga izoh chop qildi. Hujjatga ko‘ra, embargo agar neft mahsulotlari uchinchi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, amal qilmaydi. Bundan tashqari, Rossiya xomashyosini boshqa birortaniki bilan aralashtirganda, uni cheklovsiz sotish mumkin. Shu tariqa, Yevropa amalda o‘zi qo‘llagan sanksiyalarini chetlab o‘tmoqda.

Kiritildi: 07:44 09.02.2023. O'qildi: 2268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!