Polshada Norvegiyaning eng boy odamlaridan biri - Norvegiya baliq sanoati magnati sifatida tanilgan millioner Vigner Lindal Olaisen halok bo‘ldi.
Uning "Yaguar" avtomobili ishtirokida halokatli YTH sodir bo‘lgan.
Bu haqda Polsha radiosi xabar bermoqda.
Olaisen Kalvariya tog‘i va Kolbel o‘rtasidagi trassada ketayotganda daraxtga urilib ketgan. Polsha polisiyasi ikki kishi halok bo‘lganini aytmoqda. Ikkinchi halok bo‘lgan yo‘lovchi bo‘lishi mumkin.
Olaisen 42 yoshda bo‘lib, erkak losos baliqlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Nova Sea kompaniyasining hammuallifi edi. Firmaga 1972 yilda uning otasi asos solgan.