Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Norvegiyada harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

Norvegiyada harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

Norvegiyada Rossiya bilan ehtimoliy mojaroga tayyorgarlik bo‘yicha harbiy mashg‘ulotlar boshlandi. Bu haqda Politico xabar berdi.

Mashg‘ulotlar davomida Buyuk Britaniya va Norvegiya harbiylari ekstremal sharoitlarda harakatlanish bo‘yicha shug‘ullanmoqda, deya yozmoqda nashr.

Shu bilan birga, mashg‘ulotlarda NATO nizomining jamoaviy mudofaa haqidagi 5-moddasi ishga tushirilgan taqdirda qo‘shinlar bajarishi mumkin bo‘lgan vazifalar ham mashq qilinmoqda.

Shuningdek, Buyuk Britaniya va Norvegiya Arktikadagi Rossiyaning ehtimoliy tahdidlariga qarshi NATO doirasida Arctic Sentry tashabbusini ilgari surmoqda. Mazkur tashabbus tafsilotlari hozircha e’lon qilinmagan.

Mintaqadagi vaziyat AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiya bo‘yicha bayonotlari fonida murakkablashgan. Rasmiylarga ko‘ra, Arktika xavfsizligi butun transatlantik xavfsizlik bilan chambarchas bog‘liq.

Kiritildi: Bugun 15:40. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!