Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Norvegiyada doping jinoyatlar qatoriga kiritilishi mumkin

Norvegiyada doping jinoyatlar qatoriga kiritilishi mumkin

Norvegiya parlamentidagi hukmron konservativ partiya vakili Peter Fryolix sportda dopingdan foydalanishni iqtisodiy jinoyat deb ta’riflashni taklif qildi, bu hokimiyat organlariga noqonuniy preparat iste’mol qilgan sportchilardan mukofot to‘lovlarini olib qo‘yishga imkon beradi.

U Nationen gazetasiga bergan intervyusida: «Biz dopingni iqtisodiy jinoyat deb hisoblaymiz», - dedi.

Doping Norvegiya jinoyat qonunchiligiga kiritilishi mumkin. 2019 yilda Avstriyada tog‘ chang‘isi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida, bir nechta sportchi bilan bog‘liq doping mojarosidan keyin ushbu muammo aktuallashgan edi.

«Norvegiya polisiyasi avstriyalik hamkasblari kabi chora ko‘ra olishi uchun qonunga o‘zgartirishlar kiritish zarur va biz hozir bu borada ishlayapmiz», - deb tushuntirdi norvegiyalik deputat.

Kiritildi: 15:28 31.10.2020. O'qildi: 1427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!