U allaqachon Germaniyaga quvur gazining asosiy yetkazib beruvchisiga aylangan va hozir tomonlar energetika sohasidagi hamkorlikning uzoq muddatli istiqbollarini faol muhokama qilmoqda.
"Bugungi kunda biz tabiiy gazning asosiy qismini Norvegiyadan olayapmiz, kelajakda esa ko‘proq dengizdan shamol energiyasi va vodorod importiga o‘tmoqchimiz", deya ma’lum qildi Germaniya vise-kansleri Robert Xabek.