Bu haqda mamlakat adliya vaziri Emili Enger Mel ma’lum qildi, deb xabar beradi BBC.
Uning aytishicha, panjara butun 198 kilometrlik quruqlik chegarasi yoki uning bir qismi bo‘ylab qurilishi mumkin.
“Chegara to‘sig‘i nafaqat to‘siq vazifasini bajara olishi, balki chegaraga yaqinlashayotgan odamlarni aniqlaydigan sensorlar va texnologiyalarga egaligi bilan ham muhim. Endi Norvegiyada bunday qamal haqiqatga aylanadi. Bu chora chegaraning to‘liq yoki bir qismiga taalluqli bo‘lishi mumkin”, – dedi vazir NRK teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida.
Norvegiya hukumati yaqin kelajakda Rossiya bilan chegarada 200 kilometrlik devor qurishni rejalashtirayotgan Finlyandiya misoli haqida o‘ylayotgani ma’lum qilindi.
Melning qayd etishicha, rasmiylar boshqa chora-tadbirlar, jumladan, chegarachilar sonini ko‘paytirish va yagona avtomobil o‘tkazish punkti “Sturskug”da (Rossiya tomonidan – “Borisoglebsk”) nazoratni kuchaytirishni ko‘rib chiqmoqda.
2015 yilda Suriya, Afg‘oniston va Iroqdan 5 mingdan ortiq qochqin Rossiyaga kelganidan so‘ng Norvegiya ushbu chegara o‘tish joyida balandligi 3,5 metr bo‘lgan 200 metrli panjara qurdi.