Norvegiya valiahd malikasi Mette-Maritning o‘g‘li Marius Borg Xyoybi zo‘ravonlik harakatlari sodir etganlikda gumonlanib hibsga olindi.
Bu haqda AFP xabar bermoqda.
Polisiya bayonotida aytilishicha, 27 yoshli Xyoybi dushanba kuni kechqurun hibsga olingan. U Jinoyat kodeksini buzganlikda, ya’ni "boshqa sabablarga ko‘ra hushidan ketayotgan yoki qarshilik ko‘rsata olmagan shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lganlikda" gumon qilinmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Xyoybi huquq-tartibot idoralari e’tiborini birinchi marta tortayotgani yo‘q. 4 avgust kuni u Osloda hibsga olingan va o‘zi munosabatda bo‘lgan ayolga tan jarohati yetkazganlikda ayblangan.
Huquqni muhofaza qilish organlari dushanba kuni hibsga olish vaqtida toj malikaning o‘g‘li xuddi shu ayol bilan mashinada bo‘lganini ta’kidladi. Polisiyaning ta’kidlashicha, Xyoybining hibsga olinishi to‘g‘risida qaror hali qabul qilinmagan.