Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda dastlab viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Shuhrat Jo‘rayev joriy yilning 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risida axborot berdi.
4 ta masala ko‘rib chiqilgan sessiyada 30-Tamabahrin saylov okrugidan saylangan deputat G‘ofir Aliyev xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Sessiyada viloyat Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazildi va Kengashning reglamenti hamda doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Partiya guruhlari maslahatlashuvidan keyin Prezident tomonidan viloyat hokimi lavozimiga ko‘rsatilgan nomzod Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.