Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

"Layk" uchun otasini kaltaklab, qariyalar uyiga topshirmoqchi bo‘lgan yigit qamaldi

"Layk" uchun otasini kaltaklab, qariyalar uyiga topshirmoqchi bo‘lgan yigit qamaldi

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit videoga yuz mingta "layk" yig‘ilsa, otasini urib, qariyalar uyiga topshirishini aytgani tarqalgandi.

Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati videodagi yigitning shaxsi aniqlanib, unga jazo tayinlanganini ma’lum qildi.

Ma’lum qilishicha, Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro U.S. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

"Mamlakatimizda ijod erkinligi cheklanmagan, ammo bu qonunbuzarlik evaziga emas. Unutmang, internet tarmoqlari orqali ham, sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik yoki jinoyat uchun javobgarlik va jazo muqarrar", deya eslatadi Bobur To‘laganov.
Kiritildi: 03:01 06.11.2024. O'qildi: 2657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!