Associated Press xabariga ko‘ra, Donald Tramp Indiana, Kentukki, G‘arbiy Virjiniya, Oklaxoma, Florida, Tennessi, Janubiy Karolina, Missisipi va Alabama shtatlarida yetakchilik qilmoqda.
Kamala Harris Konnektikut, Massachusets, Vermont, Merilend va Rod-Aylend shtatlarida g‘alaba qozondi.
AQSh prezidenti saylovchilar kollegiyasi tomonidan saylanadi. Amerikaning 50 shtatlarining har birida, shuningdek, Kolumbiya okrugida ma’lum miqdordagi saylovchilar bor. Ularning soni aholi soniga bog‘liq. Nomzod xalq ovozini yo‘qotib qo‘yishi va Saylov kollegiyasining ko‘pchilik ovozini qo‘lga kiritishi va prezident bo‘lishi mumkin. Saylovda g‘alaba qozonish uchun mutlaq ko‘pchilik — kamida 270 saylovchilar ovozi kerak. Agar nomzodlarning hech biri kerakli songa yetmasa, prezident AQSh Kongressi Vakillar palatasi tomonidan, vise-prezident esa Senat tomonidan saylanadi.