Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Noqonuniy onlayn savdo to‘xtatildi

Noqonuniy onlayn savdo to‘xtatildi

amlakatimizda karonavirus sababli e’lon qilingan karantindan foydalanib, ayrim shaxslar noqonuniy savdoga qo‘l urmoqda. Bu esa xalq iste’moliga sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat va tibbiy-gigiyenik vositalarning kirib borishiga sabab bo‘lmoqda. 

Toshkent viloyatida davlat soliq organlari tomonidan ana shunday holatlarni oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari muntazam o‘tkazilmoqda. 

Xususan, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro T.S. Zangiota tumani, Eshonguzar hududida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan sifati kafolatlanmagan bir martalik tibbiy niqoblar savdosi bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. 

Nazorat tadbirida, fuqaro T.S. internet orqali berilgan buyurtma asosida tibbiy niqoblarni bir donasini 2650 so‘mdan sotganligi aniqlangan.

Mazkur holat tegishli tartibda dalolatnoma orqali rasmiylashtirilib, undan 6625000 so‘mlik 2500 dona tibbiy niqob masala qonuniy hal bo‘lgunga qadar vaqtinchalik DSI ixtiyoriga olindi.

Toshkent viloyati DSB Matbuot xizmati

Kiritildi: 20:00 19.03.2020. O'qildi: 1800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!