Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Noqonuniy baliq ovlaganlar javobgarlikka tortildi

Noqonuniy baliq ovlaganlar javobgarlikka tortildi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan O‘rta Chirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi "Tuyabo‘g‘iz" suv ombori hududida noqonuniy baltq oviga qarshi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida davomida 3 nafar fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda leskali to‘r yordamida baliq ovlayotgani aniqlandi.

Huquqbuzarlar S.T, D.A va U.B. larga nisbatan MJtKning 90-moddasi, 4-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 16.005.000. so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.

Ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha O‘rta Chirchiq tuman sudiga yuborildi. Noqonuniy baliq ovidagi 1 dona rezinali qayiq holatga huquqiy baho berilguniga qadar vaqtincha olib qo‘yildi.

Kiritildi: 03:01 26.01.2025. O'qildi: 746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!