Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Nomulkiy turdagi ijro hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar qilinmoqda

Nomulkiy turdagi ijro hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar qilinmoqda

Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari ish yurituvidagi nomulkiy turdagi ijro hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar qilinmoqda.

Xususan, joriy yilda ish yurituvda jami 6 941 ta nomulkiy turdagi ijro hujjatlar bo‘lib, shundan 948 tasi noqonuniy qurilma buzish, 1 517 tasi uyga kiritish yoki chiqarish, 1 401 tasi bola olib berish yoki bola bilan uchrashtirish, 255 tasi ishga tiklash va 2 820 tasi boshqa nomulkiy turdagi ijro hujjatlarni tashkil etgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 2 832 ta ijro hujjatlar bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilingan bo‘lib, shundan 1 501 ta ijro hujjatlarning ijrosi amalda tamomlangan.

Misol uchun, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, tumanning “Zargarlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan noqonuniy qurilgan do‘kon bartaraf etilib, yer maydoni o‘z holiga qaytarildi.

Qoldiqdagi 4 109 ta nomulkiy turdagi ijro hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida harakatlar davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 16:30 26.09.2025. O'qildi: 434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!