Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Noma’lum shaxslar Tojmahalni portlatish bilan tahdid qildi

Noma’lum shaxslar Tojmahalni portlatish bilan tahdid qildi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Turizm boshqarmasi Agra shahridagi mashhur Toj Mahal maqbarasini portlatish bilan tahdid qilingan elektron pochta xabarini oldi. Bu haqda PTI xabar berdi.

Toj Mahalning xavfsizligi uchun mas’ul shaxs Sayid Arib Ahmadga ko‘ra, Turizm boshqarmasi tahdidli maktubni darhol polisiyaga taqdim etgan. Shundan so‘ng maxsus guruh, xizmat itlari jamoasi va boshqa xavfsizlik xizmati xodimlari Toj Mahal hududini tekshirish uchun yetib borgan. Xavfsizlik tekshiruvi davomida hududda hech qanday shubhali narsa topilmagan.

“Uttar-Pradesh Turizm ofisiga Toj Mahalni portlatish bilan tahdid qilingan elektron pochta xabari yuborilgan. Biz elektron pochta mazmuniga muvofiq hech qanday shubhali narsa topmadik”, deydi Arib Ahmad.

Ma’lumot uchun, Toj Mahal XVII asrda Boburiylar sulolasi imperatori Shoh Jahon tomonidan uning rafiqasi Mumtoz Mahal xotirasiga atab qurilgan. Ushbu maqbara Hindistonning eng mashhur me’moriy obidalaridan biri bo‘lib, UNESCO’ning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan va dunyoning yetti yangi mo‘’jizasidan biri sifatida tan olingan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Toj Mahalga har yili 7-8 million mahalliy va taxminan 1 millionga yaqin xalqaro turistlar tashrif buyuradi. Ular asosan qish faslida, ayniqsa oktyabr-mart oylari oralig‘ida boradi, chunki bu davrda ob-havo qulay bo‘ladi.

Kiritildi: 09:15 04.12.2024. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!