Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun transport xizmati loyihasi ishga tushiriladi

Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun transport xizmati loyihasi ishga tushiriladi

Ushbu xizmatni 2025 yil 1 apreldan Toshkent, Andijon va Samarqand shaharlarida pilot loyiha sifatida, 2025 yilning yakuniga qadar esa respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar va tayanch harakatida muammolari bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy soha ob’ektlari, ta’lim muassasalariga borib kelishiga qulaylik yaratish maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmati loyihasi ishga tushiriladi.

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining «Transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ko‘rish va harakatlanish bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, ushbu xizmatni 2025 yil 1 apreldan Toshkent, Andijon va Samarqand shaharlarida pilot loyiha sifatida, 2025 yilning yakuniga qadar esa respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi.

Loyiha doirasida transport xizmatlari:

  • ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlari, shu jumladan, ushbu muassasalardagi «G‘amxo‘rlik» guruhlarida;
  • umumta’lim maktablarining inklyuziv sinflarida;
  • reabilitasiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchi ko‘rish va harakatlanish bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan bolalarga ko‘rsatiladi.

Shuningdek, qaror bilan xizmatdan foydalanganlik uchun to‘lov va subsidiya tizimi ham joriy etilmoqda. Xususan:

  • har bir yo‘lovchiga bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravaridan oshmaydigan miqdorda;
  • Ijtimoiy himoya yagona reestri yoki Kam ta’minlangan oilalar reestriga kiritilgan oilalardagi yo‘lovchilar uchun har bir qatnov to‘lovining 100 foizi;
  • yuqorida ko‘rsatilgan reestrlarga kiritilmagan oilalardagi yo‘lovchilar uchun har bir qatnov to‘lovining 60 foizi subsidiya shaklida qoplanadi.

Subsidiya shaklidagi to‘lovlarni Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Kiritildi: 03:33 04.03.2025. O'qildi: 1007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!