Bahorda ushbu dastur sinov tariqasida Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida yo‘lga qo‘yilgan edi. Endilikda loyihaga yana 11 ta shahar qo‘shildi: Buxoro, Qarshi, Farg‘ona, Urganch, Qo‘qon, Jizzax, Namangan, Navoiy, Nukus, Guliston va Xiva.
Jami 14 ta shaharda xizmat amalga oshirilmoqda.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya agentligi tomonidan Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Bu amalda nimani anglatadi?
👉 Nogironligi bo‘lgan bola maktabga taksi orqali borib-kelishi mumkin;
👉 Davlat har bir bola uchun oyiga bazaviy hisoblash miqdorining1,2 baravar qiymatida — 494 400 so‘mgacha transport xarajatlarini qoplaydi. Kompensasiya miqdori imtiyoz turiga qarab safar qiymatining 60% yoki 100% qismini tashkil qilishi mumkin;
👉 Safarni Yandex Go ilovasi orqali buyurtma berish mumkin. Ilovada nogironlar aravachasi bilan harakatlanadigan yo‘lovchilar uchun maxsus opsiyalar mavjud (“Nogironlar aravachasida bo‘laman”, “Mashina topishga yordam bering”);
👉 Yandex Go bu buyurtmalardan daromad olmaydi — kompensasiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydovchilarga yo‘naltiriladi, xizmat komissiya olmaydi.
Bu ko‘plab oilalar uchun katta yengillik bo‘lishi mumkin.
Gap shunchaki transportda emas — bola tinchgina o‘qishga bora oladi, ota-onalar esa o‘zlarini yolg‘iz emasligini his qiladi.